Ko'p beriladigan savollar (FAQ)

Kompaniya Germaniyada mutaxassilik bo’yicha ishga joylashish bilan bog’liq barcha jarayonlarda ko’mak beradi. Xususan, A1 – C1 darajasigacha onlayn nemis tili kurslarini tashkil qiladi, mijozga to’liq konsultatsiya beradi, zaruriy hujjatlarni to’plashda ko’maklashadi, taʼlim to’g’risidagi diplomni Germaniyada tasdiqlatish ishlarida yordam beradi, ishga kirish uchun ariza va hujjatlar to’plamini tayyorlaydi, Germaniyadan kasb yo’nalishiga mos ish beruvchini topish va kafolatli ish shartnomasini tuzadi, viza jarayonida qo’llab-quvvatlaydi, mijoz Germaniyaga ketgach, unga turli masalalar yechimida xizmat ko’rsatadi.

Ayni damda Novo Agency ning asosiy ish joyi Germaniyada joylashgan bo’lib, bu ish beruvchilar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa o’rnatishga zamin yaratadi. Bir filial hozirda Oʻzbekistonning Buxoro viloyatida faoliyat ko’rsatmoqda.

Paketlar Germaniyaga ketish maqsadi va mijozning kasbidan kelib chiqib turlichadir.

Mexanik, elektrik, muhandis, shifokorlar, hamshiralar, sanitarkalar, qariyalarga g’amxoʻrlik qiluvchilarga talab kuchaymoqda.

Ha, albatta, bunga imkoniyat mavjud. Mexatronika, avtomatlashtirilgan jarayonlarni boshqarish tizimi, qurilish va texnologiya sohasida elektr oʻrnatish, kommunal infratuzilma mutaxassislari, masalan chilangarlar, temir yoʻl ishchilari, hamshiralar, tibbiy yordamchilar, qariyalarga gʻamxoʻrlik qiluvchilar ham oʻrta-maxsus taʼlim diplomi bilan ish topishlari imkoniyati mavjud.

Avvalo qo’lingizda kasbingizni tasdiqlovchi diplom va nemis tilini bilishingiz haqida sertifikat bo’lishi kerak. Qolgan ishlarni esa biz bajaramiz. Informatsion texnologiyalar (IT) sohasi mutaxassislari tajribalariga asoslanib, diplomsiz ham ishga kira oladilar.

Til kurslarimiz hozircha onlayn tarzda o’tkaziladi. Darslarni malakali, aynan ushbu jabhada (nemis tili ona tilisi bo’lmagan migrantlarga taʼlim berishda) ko’p yillik tajribaga ega mutaxassislar Germaniyadan turib o’tishadi.

Faqatgina ma’lum bir kasblar bo’yicha ingliz tilini bilgan holda kela olish mumkin. Asosiy hollarda nemis tilini bilmay turib, Germaniyaga kelishning imkoniyat yo’q. Chunki ishga ketishning asosiy talabi – nemis tilini bilishdir. Sababi Siz Germaniyaga borib, ish jarayonida hamkasblar bilan, kundalik hayotda esa xalq bilan muloqotda boʻlasiz, ular bilan aloqaga kirishasiz. Shuning uchun nemis tilini bilmasdan turib ketish mumkin emas.

Kasbiy malakangiz tan olinishi uchun Siz vakolatli organga murojaat qilishingiz kerak. Kasbingiz tartibga solinganmi yoki yo’qmi – bilib olasiz. Hujjatlaringizning qabul qilinganligi haqida bir oydan kech bo’lmagan muddat ichida bilib olasiz. Natijalar to’g’risidagi xabarnoma esa 3 oydan 6 oygacha bo’lgan muddat ichida keladi. Olingan javobga ko’ra, Siz bir necha oy davomida ta’lim va kasbiy tizimdagi farqlarni moslashtirish bo’yicha amaliyotdan o’tib, Germaniyada tengli huquqli kasb egasi sifatida faoliyatingizni boshlaysiz.

Biz Germaniyada ishga joylashtirish masalasi bilan shug’ullanuvchi barcha rasmiy tashkilotlar, klinika va kasalxonalar, sanoat korxonalari, turli ta’lim muasssasalari bilan hamkorlikda ishlaymiz.

Bizga murojaat qiling. Kompaniyamiz vakillari tomonidan yuborilgan anketani to’ldiring. Anketa natijalari 3 kun ichida Sizga yetkaziladi. Agar javob ijobiy bo’lsa, Siz xizmat paketlari bilan tanishasiz. Ushbu hujjatda NoVo Agency ko’rsatadigan barcha xizmatlar bosqichma-bosqich batafsil yozilgan. Biz bilan hamkorlikka rozi bo’lsangiz, Siz va kompaniya o’rtasida shartnoma tuziladi. Shartnoma imzolangan kundan boshlab, hamkorlik jarayoni boshlanadi.

Hamkorlik shartnoma asosida amalga oshiriladi. Mijozda xizmat haqqini ikkiga bo’lib toʻlash imkoniyati mavjud: birinchi yarmi – mijoz va biz o’rtamizda shartnoma imzolangach, ikkinchi yarmi esa – Germaniyadan mehnat shartnomasini qabul qilgach.

NoVo Agency va mijozlar o’rtasidagi hamkorlik uzoq jarayondan kechadi. Biz mijozlarni bir necha oy davomda til kurslarida o’qitamiz va barcha rasmiy jarayonlarda qo’llab-quvvatlaymiz. Butun hamkorlik jarayoni shartnoma asosida amalga oshiraladi. Xizmat haqqining ikkinchi yarmi mehnat shartnomasini imzolagach to’lanadi.

Germaniya universitetlariga mamlakatingiz OTMsida kamida 2 yil taʼlim olgan bo’lsangizgina kirishingiz mumkin. Agar Siz faqat 11 yillik o’rta maktabni tugatgan bo’lsangiz, unda Germaniya universitetlariga «Studienkolleg» orqali kira olasiz. Studienkolleg – xalqaro abituriyentlarni Germaniya oliygohlariga tayyorlovchi bir yillik bepul tayyorlov kurslaridir. Abituriyent nemis tilini C1 va undan yuqori darajada bilishi kerak. Agar til bilmasa, talabgorlar OTM qoshidagi yoki boshqa joylarda til kurslarida tayyorgarlik ko’rishlari mumkin.

Germaniyada bir oilaning o’rtacha xarajatlari kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak, transport va dam olish uchun har oy 1500-2000 yevroni tashkil qilishi mumkin. Bu albatta, kishidan-kishiga farq qiladi.

Magistraturaga faqat bakalavr diplomidagi ixtisoslik bo’yicha kirish mumkin. Afsuski, agar Siz boshqa yo’nalish bo’yicha magistraturaga kirishni istasangiz, Siz o’sha yoʻnalish bo’yicha bakalavriatni o’qib bo’lgachgina topshira olasiz.

Bakalavr diplomi bilan ishga kirish imkoniyati ham mavjud.

Agar ota-onalardan biri Germaniyaga ishlash maqsadida kelgan bo’lsa, ma’lum vaqt o’tgandan keyin, tegishli shartlar bajarilgan holatlarda oilani olib kelish imkoniyati mavjud bo’ladi.

Ayni damda kompaniyamiz faoliyati doirasiga turli dasturlarni kiritishda davom etmoqda. Yaqin kelajakda bu kabi yo’nalishda ham mijozlarga yordam ko’rsatish niyatimiz bor.

Bu individual savol. Xususan, B1/B2 darajada til o’rganishga 6 oydan 1 yilgacha vaqt ketadi. Qolaversa, nostrifikatsiya jarayoni ham 3 oy va undan ko’p vaqtni talab etadi va h.k. O’rtacha hisobda 1 yildan ziyod davr ichida Germaniyaga ketish imkoni mavjud.

Ha, shartnoma imzolangach, 2 hafta ichida uni bekor qilishingiz mumkin.

Scroll Up