photo_2020-07-12_20-28-40

Xush kelibsiz!

Mening ismim Nofiza Vohidova. Ushbu firmani tashkil qilishimga nima turtki bo’lganini bayon qilishdan oldin o’zimni qisqacha tanishtirsam. Men O’zbekiston Respublikasi Buxoro Davlat Universitetida 1993-1998-yillar mobaynida Nemis va Arab tillari filologiyasi mutaxassisligi bo’yicha tahsil oldim.
2007–2012-yillar davomida Konrad Adenauer fondi stipendiyasi bilan Mannheim universitetida doktoranturada tahsil oldim. 2012-yilda ilmiy ishimni muvaffaqiyatli yakunlagach, til oqitish sohasida ish faoliyatimni boshladim. 2006-yildan bugungi kunga qadar shaxsiy va kasbiy faoliyatim mobaynida Germaniyadagi ko’pgina sohalar bo’yicha bilim va tajribalarimni orttirib, jamiyatning turli soha vakillari bilan izchil hamkorlikda ishlab kelmoqdaman.
Germaniydagi demografik rivojlanish jarayonning oqibati sifatida jamiyatning deyarli barcha kasb sohalarida mutaxassislarga bo’lgan talab kuchayib bormoqda. Ushbu ijtimoiy-iqtisodiy talabdan kelib chiqqan holda va o’zimning qo’lga kiritgan malaka va tajribalarimga tayanib, ushbu kompaniyani tashkil qilishga qaror qildim.
Kompaniyaning asosiy maqsadi Germaniyadagi mutaxassislarga bo’lgan talabni oz bo’lsada qon-dirish, shuningdek xorijiy mutaxassislar va ularning oila a’zolariga yangi imkoniyatlar eshigini ochishdir.

NoVo Agency Sizga sifatli, ishonchli va tezkor xizmat ko’rsatishga tayyor.

Hurmat bilan
Dr. Nofiza Vohidova

Nega aynan bizni tanlashingiz kerak?

Tajribalarga tayangan eng sifatli maslahat

Ikki tomonlama ishonchga asoslangan hamkorlik

Aniq qadamlar bilan maqsadga yo'l

Ehtiyojga ko'ra xizmat ko'rsatish

Sizning kelajagingiz uchun izchil izlanish

Uzoq muddatli ish shartnomalarini imzolash

Bizning jamoa

Biz haqimizda

Scroll Up